Aziz va muhtaram yurtdoshlar, qadrli do‘stlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yillik bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz.
1- sentabr – xalqimizga yangi davrni boshlab bergan bu qutlug‘ sana vatanimiz taraqqiyoti va ravnaqi ramziga aylangan. Ezgu intilishlarga qanot bag‘ishlovchi ham, inson manfaatlari yo‘lidagi islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlovchi qudratli kuch ham – mustaqillikdir.
Shunday ekan, ko‘p millatli xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan samimiy qutlaymiz! Barchangizga mustahkam sog‘liq, xotirjamlik va farovonlik tilab qolamiz.
Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!
Hurmat bilan,
Statistika agentligi jamoasi



