Joriy yilning 2–5- sentabr kunlari Latviyaning Riga shahrida Yevropa Ittifoqi va Latviya Respublikasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlik idoralari vakillari uchun alohida ishchi tartibda uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Strategik islohotlar agentligi rahbari boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari qatnashdi. Delegatsiya tarkibida Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Kadastr agentligi vakillari ishtirok etishdi. Shuningdek, Statistika agentligidan Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshligʻi D. Zakirov qatnashdi.
Ishchi tashrif davomida mavzuga aloqador Latviyaning Davlat yer xizmati, Aqlli boshqaruv va hududiy rivojlantirish vazirligi, Ijtimoiy himoya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq xizmati, bolalar klinik shifoxonasining maʻlumotlarni boshqarish yuzasidan soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi.
Ishchi tashrifning asosiy maqsadi “Maʻlumotlarni boshqarishning milliy tizimi toʻgʻrisida” qonun loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqishda Latviya tajribasini oʻrganishdan iborat.
Tashrif yakunlari boʻyicha oʻrganilgan Latviya tajribasi asosida “Maʻlumotlarni boshqarishning milliy tizimi toʻgʻrisida” qonun loyihasi konsepsiyasida aks ettirilishi lozim boʻlgan yoʻnalishlar belgilab olindi.
Tashrif boʻyicha yakuniy xulosalarni Toshkent shahrida rejalashtirilgan “Maʻlumotlarni boshqarishning milliy tizimi” mavzusiga bagʻishlangan davra suhbatida muhokama qilishga kelishib olindi.