Joriy yilning 23- sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Pokiston Islom Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazildi.


Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Ziyayev Zoxidjon Muratovich boshchiligida markaziy apparat xodimlari hamda Pokiston Islom Respublikasining savdo va investitsiyasi bo‘yicha maslahatchisi ishtirok etdi.


Uchrashuvda tomonlar Statistika agentligining faoliyati, Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasidagi savdo maʼlumotlarini toʻplash va hisobga olish metodologiyasini muhokama qilishdi.


Uchrashuv yakunida tomonlar qoʻshma maslahatlashuvlarni davom ettirish boʻyicha kelishib olishdi.


