10/10/2024

Joriy yilning 10- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi hamda Bosh yuriskonsult xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4- martdagi 114-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash hamda mehnat huquqi qonunchiligini targʻib qilish va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

1-1010247j1a0229_p15679

Tadbirda Statistika agentligining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boshqarmasining Xodimlar malakasini oshirish va kompetensiyasini baholash bo‘limi boshligʻi Farhod Turayev, Yuridik boʻlim boshligʻi Vahob Toʻxtayev, hududiy statistika boshqarmalarining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi hamda Bosh yuriskonsult xodimlari ishtirok etdi.

2-1010247j1a0220_p74664

Shuningdek, vebinarda xodimlarga bugungi kunda hududiy statistika organlarining ish faoliyatida mehnat huquqi qonunchiligiga rioya qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4- martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-son qarori mazmun-mohiyati, jumladan, bugungi kunda ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha tushunchalar berildi.

4-1010247j1a0216_p53062

Tadbir yakunida vebinar ishtirokchilarining mehnat huquqi bo‘yicha hamda ish faoliyatida duch kelgan savollariga Yuridik boʻlim boshligʻi Vahob Toʻxtayev tomonidan batafsil tushunchalar berildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech