11/10/2024

Oʻzbekiston Respublikasi Statistika agentligi tomonidan 2024- yil 11- oktabr kuni agentlik binosida “Oʻzbekistonda xotin-qizlar va erkaklar: fakt va raqamlar” nomli statistik toʻplamining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

1_-1110247j1a0383_p19327

Unda taʼkidlanganidek, Statistika agentligi tomonidan “Oʻzbekistonda xotin-qizlar va erkaklar: fakt va raqamlar” deb nomlangan yangi statistik toʻplam ishlab chiqildi. Bu toʻplam, “2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2024- yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”ning 63- bandida nazarda tutilgan vazifalardan kelib chiqib tayyorlandi. Toʻplam gender statistikasiga oid keng qamrovli maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.

2_-1110247j1a0398_p17432

Mazkur toʻplamda mamlakatdagi ayollar va erkaklarning turli sohalardagi ishtiroki, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlari va tenglik masalalari haqida muhim maʼlumotlar taqdim etilgan. Shuningdek, toʻplamning asosiy maqsadi gender tenglikni taʼminlash boʻyicha aniq koʻrsatkichlar va tahlillar taqdim qilishga qaratilgan.

3_-1110247j1a0402_p42266

Ushbu tadbirda Oliy Majlis Senati, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning vakillari ishtirok etishdi. Taʼkidlash joizki, ushbu toʻplam nafaqat rasmiy tashkilotlar, balki keng jamoatchilik uchun ham foydalidir. Chunki u gender tenglik sohasidagi holatni ochiq va shaffof koʻrsatishga qaratilgan.

4_-1110247j1a0416_p60069

Tadbir davomida mazkur toʻplam haqida batafsil maʼlumotlar taqdim qilinib, uning amaliy ahamiyati muhokama etildi.

Toʻplamda gender tenglik masalalari Oʻzbekistonda muhim ahamiyat kasb etishi va gender statistikasi orqali ayollar va erkaklarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, turli sohalardagi ishtiroki tahlil qilingan.

5_-1110247j1a0566_p40303

Ushbu taqdim etilgan toʻplamda ayollar va erkaklar haqida demografiya, taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy himoya, mehnat, turizm, madaniyat va sport, jinoyatchilik kabi sohalardagi maʼlumotlar berilgan.

Bugungi kunda davlat boshqaruvida xotin-qizlarning ulushini oshirish uchun Oʻzbekistonda jiddiy harakatlar davom etmoqda. Jumladan, 2023- yil yakunlariga koʻra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ayollar 32 %, Oliy Majlisi senatida esa 25 % ni tashkil etgan. Ichki ishlar xodimlari soni 10,1 % ni tashkil etgan boʻlsa, sudyalar soni 14 % ni tashkil etgan. Shuningdek, vazir (vazirga tenglashtirilgan) lavozimlarda faoliyat olib boruvchi ayollar ulushi 2023-yilda 4,8 % ni tashkil qilgan boʻlsa, 2024-yil 1-aprel holatiga koʻra, 7,7 % ni tashkil etgan.

6_-1110247j1a0655_p76621

Aytish kerakki, Oʻzbekiston gender statistikasi boʻyicha BMTning tavsiya etgan 52 ta minimal gender koʻrsatkichlarini tadbiq etgan. BMTning gender koʻrsatkichlari asosida gender tenglikka erishish yoʻlidagi harakatlar baholanmoqda.

7_-1110247j1a0429_p30831

Gender tenglik strategiyasi “2030-yilgacha gender tenglikka erishish strategiyasi”ning amalga oshirilishiga oid koʻrsatkichlar va tahlillar muhokama qilindi. 61 ta maqsadli koʻrsatkichlar boʻyicha maʼlumotlar gender.stat.uz veb-saytida muntazam yangilanib borilmoqda.

Maʼlumot uchun aytish kerakki, Open Data Watch tashkilotining “Gender Data Compass” reytingida 2023- yil yakuniga koʻra, Oʻzbekiston 37 ball toʻplagan holda 185 ta mamlakat orasidan 56-oʻrinni, Markaziy Osiyo mintaqasida 3-oʻrinni egalladi.

Agentlik tomonidan yuritiladigan gender.stat.uz saytining barcha boʻlimlarida bugungi kunda 180 dan ziyod gender statistikasiga oid koʻrsatkichlar 3 ta tilda, 5 xil formatda joylashtirib va muntazam yangilanib borilmoqda. 

Oʻzbekistonning gender statistikasi jamiyatdagi ayollar va erkaklarning ijtimoiy, iqtisodiy, taʼlim va sogʻliqni saqlash kabi sohalardagi ishtirokiga oid maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Hukumat tomonidan qabul qilingan 2030- yilgacha gender tenglikka erishish strategiyasi doirasida gender statistikasi orqali ayollarning mehnat bozoridagi imkoniyatlarini yaxshilash, taʼlimga kirish imkoniyatini kengaytirish va salomatlik holatini yaxshilash boʻyicha maqsadlar qoʻyilgan.

Statistika agentligi Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech