2024- yilning 17- oktabr kuni Statistika agentligida Malayziya davlatida bo‘lib o‘tgan qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish bo‘yicha tajriba almashish uchrashuvlari yuzasidan agentlik xodimlari uchun taqdimot yig‘ilishi tashkil etildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24-26- sentabr kunlari Malayziya davlatining Putrajaya, Seremban va Malakka shaharlarida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish boʻyicha uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan edi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari hamda agentlikning mas’ul xodimlari ishtirok etishgan.

Unda Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Sh. G‘ulomov hamda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tqazish boshqarmasi boshlig‘i Q. Berdiqulovlar so‘zga chiqib, o‘rganilgan yangi ma’lumot va ko‘nikmalarni ishtirokchilarga yetkazishdi.

Jumladan, Malayziya qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tarixi, mazkur yilda roʻyxatga olish tadbiriga tayyorgarlik jarayonlari, qamrab olingan subyektlar, foydalanilgan GIS texnologiyalari, soʻrovnomalar hamda ulardagi koʻrsatkichlar tizimi, MyAgriCensus axborot tizimi, foydalanilgan maʼmuriy maʼlumotlar va sifatni nazorat qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda shu kabi foydali va qiziqarli ma’lumotlar muhokama qilinib, fikr almashinildi.

Matbuot xizmati


