O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni kuchaytirish zamonaviy davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 5- noyabrdagi «Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PQ-5282-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 1-noyabr kuni Statistika agentligi xodimlari farzandlari o‘rtasida mini-futbol sport turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi.
Statistika agentligi tizimida kichik yoshdan bolalarda sport bilan shug‘ullanishga sog‘lom, kuchli va ta’sirchan motivatsiyani shakllantirish hamda ularning muayyan ko‘rsatkichlari asosida qaysi sport bilan shug‘ullanishini aniqlash, mustaqil rejalashtirish qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.






