11/11/2024

Oʻzbekiston Respublikasi aholisi salomatligini asrash va mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

2_p76814

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-423-son qarori va Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya qoʻmitasining 2024-yil 25-oktabrdagi “11-noyabr – “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni”ni nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va yuqori saviyada oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʻminlash hamda agentlikning xodimlari oʻrtasida sportga boʻlgan qiziqishni yanada kuchaytirish va ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng ommalashtirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan 2024- yil 9- noyabr kuni “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida kibersport turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

1_p13475

Mazkur musobaqada agentlikning turli boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.

3_p66943