06/12/2024

Toshkent Kimyo-Texnologiya instituti Yangiyer filialida viloyat statistika boshqarmasi va tuman statistika bo‘limi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”  seminar tashkil etildi.

1_-photo_2024-11-26_13-36-12

Tadbirda Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari, institut professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

2_-photo_2024-11-26_13-36-11

Seminarda viloyat statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olishni mazmun-mohiyati, aholi soni va uning tarkibi, tug‘ilganlar, vafot etganlar, tuzilgan nikohlar va nikohdan ajralganlar soni, aholining tabiiy o‘sishi bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

3_-photo_2024-11-26_13-36-12-2

Shuningdek, ishtirokchilar targʻibot ishlarini olib borishda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.

4_-photo_2024-11-26_13-36-09

Seminar qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.