2024-yilning 3–5-dekabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida MDH Statistika qo‘mitasi, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi hamda Serbiya Respublikasi statistika boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan “Metama’lumotlar asosida statistikani ishlab chiqish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

2-111224

Mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i  Zulxumor Talipova hamda Axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i  Shaxboz Djanadilov ishtirok etdi.

3-111224

Seminar rasmiy statistikani modernizatsiya qilish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan ishlarga, shuningdek, Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlarida o‘tkazilgan global baholash natijalariga hamda tarmoq tahlillari bo‘yicha tavsiyalarga asoslandi.

1-111224

Seminarda ishtirokchilar metadata asosida tizimni joriy etish bo‘yicha tajribalar, uning afzalliklari hamda uni amalga oshirishda yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha tajriba almashishdi.

4-111224

Seminar davomida ekspertlar tomonidan taqdimotlar, interaktiv muhokamalar, strategiyalar, eng yaxshi amaliyotlar va tajribalar bo‘yicha fikr almashuvlar hamda keyingi qadamlar bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.