11/12/2024

2024-yil 11-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida 3–5-dekabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida MDH Statistika qo‘mitasi, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi hamda Serbiya Respublikasi statistika boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan “Metama’lumotlar asosida statistikani ishlab chiqish” mavzusida seminar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

1-7j1a5058dsdsf

Taqdimotda mazkur seminarda qatnashgan agentlikning Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Talipova hamda Axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i  Shaxboz Djanadilov agentlik xodimlariga metama’lumotlar asosida tizimni joriy etish bo‘yicha tajribalar, uning afzalliklari hamda uni amalga oshirishda yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha ma’lumotlar berishdi.

2-7j1a5061asasasad

3-7j1a5096dsdsdasa

47j1a5085sfsf

Shuningdek, tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

5-7j1a5077dasdasda

6-7j1a5072fsdfdas

7-7j1a5081dfsdsda