Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining 2024-yil 14-oktabrdagi “Davlat tili haqidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash hamda oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 171-son bayoni 10-bandi ijrosi yuzasidan direktorning Davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi Qiyomxon Ahmedov joriy yilning 16-17-dekabr kunlari Toshkent viloyati statistika boshqarmasida “Davlat tili haqida”gi qonun ijrosi bajarilishini o‘rgandi.

Direktorning Davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi tomonidan tashkilot binosi peshlavhalari, devoriy yozuvlar, boʻlimlardagi yigʻmajildlarning nomlanishi, soha xodimlari foydalanishi uchun kutubxona bazasi sifatida kitob javonlaridagi adabiyotlar, Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi hamda Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boʻlimi tomonidan qayd qilingan hujjatlarning davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi ko‘rib chiqilib, mavjud xato va kamchiliklar bartaraf etilishi zarurligi aytib o‘tildi.


