Joriy yilning 20-dekabr kuni MDHning 2030-yilgacha mo‘ljallangan iqtisodiy rivojlanish strategiyasining ikkinchi bosqichini (2026-2030-yillar) amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi videokonferensaloqa shaklida o‘tkazildi.

7

Ma’lumot uchun: ushbu hujjat loyihasi MDH mintaqasi davlatlari hamkorligining barcha ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini qamrab oluvchi 26 ta bo‘lim va 100 dan ortiq vazifani o‘z ichiga oladi. Ular orasida jamiyatni raqamlashtirish va raqamli iqtisodiyot, ta’lim, sanoat va savdo hamkorligi, agrosanoat majmuasi va oziq-ovqat xavfsizligi, tovar va xizmatlar o‘zaro savdosi, mehnat bozori va migratsiya jarayonlari, sog‘liqni saqlash va hayot sifati, statistika, ilmiy-texnik va innovatsion soha hamda boshqa yo‘nalishlar mavjud.

7j1a5912tytyty_p57711

Yig‘ilishda MDHga a’zo davlatlarning ekspertlari va tegishli vazirlik hamda idoralar vakillari ishtirok etdi.  Statistika agentligidan Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Umarjon Obidov, Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Javohirbek Jamoliddinov, Tasniflagichlarni va metama’lumotlarni yuritish bo‘limi boshlig‘i Kamoliddin Abdug‘afforov hamda Xalqaro taqqoslash dasturi bo‘yicha Narxlarni kuzatish sektori bosh mutaxassisi Dildora To‘g‘ayeva ishtirok etdilar.

7j1a5916tytyty_p34269

"Statistika" bo‘limida ekspert guruhiga rasmiy statistika metodologiyasining xalqaro standartlar bilan taqqoslanishi, statistik tasniflagichlar tizimini yuritish, ularni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish, Xalqaro taqqoslashlar global dasturi jadvaliga muvofiq MDH mintaqasida valyutalarning xarid qobiliyati pariteti asosida xalqaro taqqoslashlar dasturini amalga oshirish, MDH ishtirokchi davlatlarining asosiy statistik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash, MDH ishtirokchi davlatlarida barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning yillik monitoringini olib borish, SDMX xalqaro ma’lumotlar va metama’lumotlar almashinuvi standartini qo‘llashni kengaytirish va statistik amaliyotning boshqa dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi.

7j1a5898tytyty_p70706

Ekspertlar guruhi maslahatlashuvlari yakunlangach, MDHning 2030-yilgacha bo‘lgan davrda iqtisodiy rivojlanish strategiyasining ikkinchi bosqichini (2026-2030-yillar) amalga oshirish bo‘yicha yakuniy chora-tadbirlar rejasi MDH Davlat rahbarlari kengashiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.