Jizzax shahar Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”  seminar tashkil etildi.

img_20241219_133440-_p54098

Tadbirda Jizzax viloyati statistika boshqarmasi xodimlari, Jizzax shahar Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

img_20241219_133556_p97751

img_20241219_135824_p26349

Seminarda viloyat statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olishni mazmun-mohiyati, aholi soni va uning tarkibi, aholini ro‘yxatga olish boʼyicha amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida batafsil tushunchalar berildi.

img_20241219_141601_p92184

Shuningdek, ishtirokchilar targʻibot ishlarini olib borishda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.

photo_5413632683076085555_y_p91190

Seminar qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.