Yangi yil arafasida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan turli tadbirlar tashkil etilib, nafaqadagi xodimlar va ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinmoqda.

photo_2024-12-26_14-21-22_p43386

photo_2024-12-26_17-36-58_p35893

Statistika agentligi Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan yaqinlashayotgan yangi yil bayrami munosabati bilan uzoq yillar statistika tizimida faoliyat yuritgan mehnat faxriylari holidan xabar olindi. Jumladan, iste’mol uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari olib borildi.

photo_2024-12-26_17-37-00_p59089

photo_2024-12-26_17-38-37_p88506

photo_2024-12-26_19-39-13_p63505

Bunday savobli amallar orqali qariyalarga maʻnaviy-ruhiy koʻmak berish, ularni yolgʻiz qoldirmaslik va koʻp yillik mehnatlari uchun minnatdorchilik izhor qilish koʻzda tutilgan.

photo_2024-12-27_08-05-46_p59616

photo_2024-12-27_09-01-53_p84057

photo_2024-12-27_09-01-54_p66427

Keksalar agentlik tomonidan doimiy ravishda koʻrsatilayotgan bu kabi ma’naviy-moddiy koʻmak uchun minnatdorchilik bildirdi.