Aziz va muhtaram yurtdoshlar, qadrli do‘stlar!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining ahil jamoasi nomidan Sizlarni kirib kelayotgan yangi 2025-yil bilan samimiy muborakbod etamiz!
Yangi yil Siz azizlarga ulkan muvaffaqiyatlar, baxtu-saodat, tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik va xonadonlaringizga fayzu-baraka olib kelsin!
Aziz yurtdoshlar, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo`lida olib borayotgan sermazmun va fidokorona mehnatingizda omad va zafarlar doimo yor bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Statistika agentligi jamoasi



