O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son qarorining 32-bandida Statistika agentligiga hisobot topshiruvchilar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari xodimlarining statistika yo‘nalishida savodxonligini oshirish vazifalari belgilangan edi.

1_-photo_2025-01-15_16-44-26

Shu munosabat bilan, Toshkent shahar statistika boshqarmasida 2024-yilning 24–26-dekabr kunlari “Statistika” yoʻnalishida maxsus sayyor oʻquv kursi tashkil etildi.

2_-photo_2025-01-15_16-44-17

Mazkur sayyor oʻquv kursida Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori, professor Bahodir Gʻayibnazarov va Toshkent shahar statistika boshqarmasining statistika hisobotlarini qabul qiluvchi mas’ullari oʻzlarining taqdimot va video darslari bilan qatnashdilar.

3_-photo_2025-01-15_16-43-50

Shuningdek, tinglovchilarning statistika hisobotlarini tayyorlash va taqdim etish jarayonlarida yuzaga kelayotgan savollariga atroflicha javoblar berildi hamda muammoli vaziyatlarga joyida yechimlar koʻrsatildi.

4_-photo_2025-01-15_16-43-40

Kurs yakunida faol tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

5_-photo_2025-01-15_16-48-54