Joriy yilning 12-fevral kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu davra suhbatida Samarqand viloyati statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosаri M. Salimov, Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi boshlig‘i F. Shukurov, bo‘lim xodimlari hamda institut oʻqituvchi va talabalari ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida aholini roʻyxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlari, xorijiy davlatlar tajribalari va shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar, shuningdek, tadbirga tayyorgalik ko‘rish, bu borada qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar bo‘yicha batafsil maʼlumot berildi.
Davra suhbati qizgʻin bahs va munozaralarga boy boʻldi. Tadbir yakunida talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.