14/02/2025

2025- yilning 14- fevral kuni ESKATO statistika byurosi aʼzolarining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

7j1a9210bnvbn_p42077

 7J1A9212bnvbnbv

Mazkur yigʻilishda Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Ziyayev Zohidjon Muratovich boshchiligidagi agentlik xodimlari hamda ESKATO statistika boʻlimi direktori Reychel Biven xonim, BMTning ESKATO iqtisodiy va ekologik statistika bo‘limi boshlig‘i Rikke Munk Xansen xonim, ESKATO Statistika byurosi raisi janob En Chuan Kox (Singapur), janob Tszyanchun Ruan (Xitoy Xalq Respublikasi), Oljaz To‘leuov (Qozog‘iston), Arita Tekayeti (Kiribati), Oyshath Xasan (Maldiv orollari) ishtirok etdi.

7j1a9221bmbnm_p98878

Eslatib oʻtamiz, statistika byurosining oldingi tarkibi 2024-yil dekabr oyida Tailandning Bangkok shahrida boʻlib oʻtgan ESKATO statistika qoʻmitasi 9-sessiyasida saylangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Byuro rais o‘rinbosari lavozimiga qayta saylandi.

7

Majlisning kun tartibida ishtirokchilar Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va Ijtimoiy komissiyasining Statistika qo‘mitasi qarorlarining bajarilishi, jumladan DASH faollar guruhlarining ishi to‘g‘risida hisobot, BMT Statistika komissiyasining kelgusi 56-sessiyasida ESKATO statistika byurosining ishtirokini rejalashtirish va boshqa masalalarni koʻrib chiqdilar.

7j1a9228vbnvbn_p82003

Majlis davomida Byuroning barcha a’zolari o‘z takliflarini bildirib, kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ba’zi tavsiyalarni taqdim etishdi.

7

Tomonlar o‘zaro maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishishdi va BMT Statistika komissiyasi kotibiyatiga ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritishga qaror qilindi.