2025- yilning 14- fevral kuni Statistika agentligida Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti xalqaro ekspertlari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda Statistika agentligi Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Noipov, Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Umid Madaminov hamda Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti xalqaro ekspertlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Statistika agentligi vakillari aholi turmush darajasi statistikasini shakllantirishning amaldagi amaliyoti, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari hamda ko‘p o‘lchovli qashshoqlik indeksini hisoblash uslubiyoti va amaliyoti haqida ma’lumot berdi.
Tomonlar o‘zaro maslahatlashuvlarni davom ettirishga va ko‘p o‘lchovli qashshoqlik indeksini hisoblash metodikasini takomillashtirish masalalarida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi.