Joriy yilning 20-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Prezident maslahatchisi Suma Chakrabarti, konsultant Mandip Beyins, shuningdek, Milliy statistika qo‘mitasi raisi boshchiligidagi markaziy apparat boshqarma boshliqlari ishtirok etdi.


Uchrashuv davomida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, statistik ma’lumotlarning ochiqligi va ishonchliligini oshirish, shuningdek, zamonaviy statistika tizimini takomillashtirish bo‘yicha fikr almashildi.


