Joriy yilning 25- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida shu yil yanvar–sentabr oylari uchun demografiya va mehnat sohasidagi statistik ma'lumotlarni o‘z vaqtida va sifatli shakllantirilishini ta’minlash maqsadida vebinar o‘tkazildi.
Vebinarda qo‘mita xodimlari hamda hududiy statistika boshqarmalarining demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi vakillari ishtirok etishdi.
Vebinar jarayonida demografiya va mehnat sohasidagi statistik ma'lumotlarning to‘liqligi, ishonchliligi va sifatini ta'minlash, tahliliy ishlarni amalga oshirish, ko‘rsatkichlarni tizimlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Mavzu yuzasidan hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati


