Davlat statistika qo’mitasining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi tomonidan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari uchun videoseminar tashkil etildi.

Tadbirda viloyat boshqarmalarining dasturiy texnik ta’minot va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlariga veb-saytlarini takomillashtirish, hamda dizaynerlik ishlarini bajarish borasida atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, tayyorlanayotgan infografika video-roliklar uchun After Effectda grafikalar yaratish, ularni animatsion video ko‘rinishga keltirish usullari haqida batafsil tushunchalar berildi. Infografika video-roliklar tayyorlashda foydalaniladigan dasturlar onlayn ravishda amaliy ko‘rsatib berildi.

Videoseminar yakunida dasturiy texnik ta’minot va ma’lumotlarni saqlash bo‘yicha zamonaviy AKTdan keng foydalanish, xodimlar malakasini oshirish hamda sohaga ilg‘or metodlarni tatbiq etish bo‘yicha kerakli taklif va tavsilar berildi.

Axborot xizmati