Joriy yilning 18-aprel kuni Milliy statistika qoʻmitasida Turkiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuv tashkil etildi.

1

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi raisi boshchiligidagi markaziy apparat masʼul xodimlari hamda Turkiya Respublikasining  Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ufuk Ulutash ishtirok etdi.

2

Milliy statistika qoʻmitasi raisi Ufuk Ulutashni yangi va masʼuliyatli lavozimga kirishgani bilan muborakbod etib, kelgusidagi faoliyatiga zafarlar tiladi.

3_-18_04_2025-_p65292

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan,  Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA), Turkiya statistika instituti (TurkStat) bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xodimlar malakasini oshirish va ularni xalqaro seminarlarga jalb etish masalalari muhokama qilindi.