2020- yil 30- sentabr kuni Moliya vazirligi va UNICEF o'rtasida imzolangan 2019-2020-yillarga mo'ljallangan qo'shma ikki yillik ish rejasini amalga oshirish doirasida “O'zbekistonda bolalar nafaqalari tizimini isloh qilishda investitsiyaviy asoslarni tayyorlash” masalasini muhokama qilish bo'yicha onlayn-konsultatsiya bo'lib o'tdi.

Davlat statistika qo'mitasidan tadbirda Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi demografik ko'rsatkichlarni shakllantirish bo'limi boshlig'i – Raximjon Satvaldiyev va Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasiAaholining turmush darajasi indikatorlarini shakllantirish va tahlil etish bo`limi bosh mutaxassisi - Muslima Muxamedova ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda respublikadagi tegishli vazirlik va idoralarning tegishli xodimlari onlayn qatnashishdi.

Tadbirni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ijtimoiy soha va ilm – fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshlig'i Nodir Mulitdinov hamda UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi ijtimoiy siyosat bo'limi boshlig'i v.b. Umid Aliyev ochib berishdi.

Uchrashuvda xalqaro ekspert – Metyu Townshend “O’zbekistonda bolalar nafaqalarini to'lash masalalarida joriy siyosat va yondashuvlarni qo'llashni davom ettirish bilan bog'liq harakatsizlik qiymatini tahlil qilish natijalari bo'yicha hisobot loyihasi – iqtisodiy xarajatlar” mavzusida taqdimot qildi.

Shuningdek, bolalarning nafaqalarini to'lash masalalarida joriy siyosat va yondashuvlarni qo'llash bilan bog'liq iqtisodiy xarajatlarni baholashni nazarda tutuvchi harakatsizlik qiymatini tahlil qilishda qo'llaniladigan taxminlarni (farazlarni) va boshlang'ich ma'lumotlar muhokama qilindi.

Vazirlik va idoralarning mas'ul xodimlari taqdim etilgan ma'lumotlarni tahlil qilish va yig'ish metodologiyasini yaxshilash bo'yicha konstruktiv sharhlar va tavsiyalar berdi.

Axborot xizmati