Davlat statistika qo’mitasining 2020- yilning 8 oyi yakunlari bo’yicha statistik ma’lumotlari asosida tayyorlangan yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid qiziqarli yangiliklarni e’tiboringizga havola qilamiz.
O‘zbekistonga xorijdan 230,6 ming dona televizor va uning qismlari import qilindi

Joriy yilning 1 sentyabr holatiga ko‘ra, mamlakatimizga qiymati 5,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 230,6 ming dona televizor va uning qismlari import qilingan.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan bu yil televizor va uning qismlari importiga 2,8 mln. AQSh dollari kam sarflangan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 26 ta davlatdan televizor va uning qismlari import qilgan. Import hajmi yuqori bo‘lgan davlatlar orasida Xitoy (3,2 mln.), Koreya (820 ming), Qozog‘iston (435,6 ming) va 87 ming AQSh dollari bilan Germaniyani ko‘rish mumkin.
Ma'lumot o‘rnida, mamlakatimizda 2019 yilda qiymati 946,3 mlrd. so‘mlik 951 ming dona televizor ishlab chiqarilgan.
Respublikamizda 12,6 mln. bosh yirik shoxli qoramollar mavjud

2020 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramollar bosh soni 2019 yilning mos davriga nisbatan 127,4 ming boshga ko‘payib, ularning umumiy soni 12 611,8 ming boshga yetdi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, respublikadagi jami yirik shoxli qoramollar bosh sonining 93,4 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Yirik shoxli qoramollar umumiy bosh sonining eng asosiy ulushi qo‘yidagicha:
- Qashqadaryo viloyati – 12,4 %
- Samarqand viloyati – 12,2 %
- Buxoro viloyati – 9,6 %
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 8,7 %
O‘zbekistonning mebel eksporti 841 ming AQSh dollariga oshgan

Joriy yilning 1 sentyabr holatiga, O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 841 ming AQSh dollariga ko‘p.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sakkiz oy mobaynida eksport qilingan mebel mahsulotlarining eng katta ulushi Qozog‘iston (763,9 ming), Qirg‘iz (619,3 ming), Tojikiston (294,2 ming) va 146,6 ming AQSh dollari bilan Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2020 yilning 1 sentyabr holatiga, eksport qilingan mebel mahsulotlarining hududlar bo‘yicha eng ko‘p ulushi:
- Toshkent shahri – 846,4 ming
- Toshkent viloyati – 470,5 ming
- Andijon viloyati – 184,3 ming
- Namangan viloyati – 138,9 ming
- Buxoro viloyati – 131,6 ming AQSh dollari
Ma'lumot o‘rnida, bu yil O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatlarga mebel mahsulotlarini eksport qilgan.
Respublikamizda qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilgan maydon 3,3 mln. gektarni tashkil etgan

2020 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklarda qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilgan jami maydon 3,3 mln. gektarni tashkil etgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, respublikadagi jami ekin ekilgan maydonning 77,5 % i fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Jami ekin ekilgan maydonning eng ko‘p ulushini quyidagilar tashkil etgan:
- Donli ekinlar – 48,1 %
- Texnik ekinlar – 33,3 %
- Ozuqa ekinlari – 7,6 %
- Sabzavotlar – 6,4 %
- Kartoshka – 2,8 %
- Poliz ekinlari – 1,8 %
Qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilgan jami maydonning eng katta ulushi qo‘yidagicha:
- Qashqadaryo viloyati – 12,8 %
- Jizzax viloyati – 10,8 %
- Toshkent viloyati – 10,6 %
- Samarqand viloyati – 10,1 %
O‘zbekistonda benzin importi 87 mln. litrga oshgan

Joriy yilning 1 sentyabr holatiga O‘zbekistonga xorijdan import qilingan avtomobil benzini hajmi 90,1 mln. litrni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 87 mln. litrga oshgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sakkiz oy mobaynida import qilingan benzinning eng ko‘p hajmi Qozog‘iston (47,7 mln. l.), Rossiya (36,5 mln. l.), Turkmaniston (5,6 mln. l.) va 232,1 ming litr bilan Qirg‘iz Respublikasi hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ma'lumot o‘rnida, 2020 yilning 1 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 694,2 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan.
Avgust oyida O‘zbekistonda qancha tug‘ilish qayd etildi?

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning 8 oyida respublika bo‘yicha 525 280 ta tirik tug‘ilish holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 18 912 taga ko‘p.
Joriy yilning avgust oyida respublika bo‘yicha 83 925 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilib, respublika bo‘yicha eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida (9 585 ta) kuzatildi.
O‘tgan 8 oy mobaynida FHDYo organlarida qayd etilgan tirik tug‘ilishlar soni bo‘yicha Samarqand – 63 573 ta, Farg‘ona – 58 774 ta, Qashqadaryo – 55 774 ta va 50 601 ta bilan Andijon viloyatlari yuqori o‘rinni egallagan.
Ma'lumot o‘rnida, 1897 yilda O‘zbekiston Respublikasi hududida aholi soni 3,9 mln. kishini tashkil etgan bo‘lib, bu hozirgi Samarqand viloyati aholisi (3,9 mln. kishi) soniga teng degani.
Vino eksporti qariyb 5 baravarga oshgan

2020 yilning 1 sentyabr holatiga O‘zbekiston 7 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan vino eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 mln AQSh dollariga yoki 4,7 barobarga oshgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sakkiz oy mobaynida eksport qilingan vinoning eng ko‘p hajmi Afg‘oniston (949,2 ming), Rossiya (432,9 ming), Litva (159,3 ming) va 36,3 ming AQSh dollari bilan Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ma'lumot o‘rnida, O‘zbekiston bu yil Afg‘oniston, Litva, Koreya va Estoniyaga birinchi bor vino eksport qilgan.
O‘zbekiston spirtli ichimliklar eksportini 2 baravarga oshirdi

2020 yilning 1 sentyabr holatiga O‘zbekiston 23 ta xorijiy davlatlarga qiymati 12,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan spirtli ichimliklarni eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,3 mln. AQSh dollariga yoki 2 barobarga oshgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning 8 oyida eksport qilingan spirtli ichimliklar turlari quyidagicha:
- Uzum sharobi (spirtli nastoykalar) – 8,6 mln.
- Vino – 1,6 mln.
- Vino konsetrati – 1,3 mln.
- Konyak – 488,7 ming
- Spirt – 142,3 ming
- Aroq – 106,0 ming
- Pivo – 39,2 ming AQSh dollari
Ma'lumot o‘rnida, 2020 yilning 1 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda qiymati 468,5 mlrd. so‘mlik 40,3 mln. litr spirtli ichimliklar ishlab chiqarilgan.
Avtomoykalar soni 623 taga ko‘paydi

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda respublikamizda 1035 ta avtomoykalar faoliyat yuritgan. Bu ko‘rsatkich 2018 yilga nisbatan 623 taga oshgan.
Hududlar bo‘yicha 2019 yilda faoliyat yuritgan avtomoykalar soni:
- Toshkent shahri – 172 ta
- Xorazm – 105 ta
- Toshkent – 104 ta
- Farg‘ona – 82 ta
- Navoiy – 82 ta
- Samarqand – 80 ta
- Surxondaryo – 70 ta
- Buxoro – 65 ta
- Andijon – 54 ta
- Namangan – 53 ta
- Jizzax – 46 ta
- Sirdaryo – 44 ta
- Qashqadaryo – 43 ta
- Qoraqalpog‘iston R. – 35 ta
Ma'lumot o‘rnida, 2019 yilda respublikadagi 1035 ta avtomoykalar tomonidan 44,3 mlrd. so‘mlik xizmat ko‘rsatilgan.
Qancha ko‘mir ishlab chiqarilgan?

Joriy yilning 1 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida yirik korxonalar tomonidan 2,2 mln. tonna ko‘mir ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda ko‘mir ishlab chikarish hajmi 158 ming tonnaga kamaygan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, respublikada ko‘mir ishlab chiqarish hajmi:
- 2019 yil – 4,1 mln. tonna
- 2018 yil – 4,2 mln. tonna
- 2017 yil – 4,0 mln. tonna
Choy importi 3,3 mln. AQSh dollariga kamaygan

Joriy yilning 1 sentyabr holatiga O‘zbekiston 22 ta xorijiy davlatdan qiymati 26,7 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 20,2 ming tonna choy import qilingan. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda import hajmi 416,2 tonnaga kamaygan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sakkiz oy mobaynida O‘zbekiston choy mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar:
Xitoy – 16,1 ming tonna
Keniya – 1,6 ming tonna
Vetnam – 920,4 tonna
Eron – 369,1 tonna
Shri-Lanka – 280,9 tonna
Hindiston – 267,3 tonna
Rossiya – 173 tonna
BAA – 130 tonna
Ma'lumot o‘rnida, 2019 yilda O‘zbekistonda 23,5 ming tonna choy ishlab chiqarilgan.
Pishloq ishlab chikarish hajmi 6,2 tonnaga oshgan

Joriy yilning 1 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida yirik korxonalar tomonidan 12,9 tonna pishloq ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda pishloq ishlab chikarish hajmi 6,2 tonnaga oshgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, respublikada pishloq ishlab chiqarish hajmi:
2019 yil – 7,6 ming tonna
2018 yil – 8,9 ming tonna
2017 yil – 11,5 ming tonna
Ma'lumot o‘rnida, 2020 yilning 1 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 3,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,3 ming tonna pishloq import qilgan.
Axborot xizmati


