Joriy yil 2- oktabr kuni Jahon banki boshchiligida “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida videokonferensiya tashkil etildi. Unda Jahon banki, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish,  Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, Davlat statistika hamda Soliq qo‘mitalari vakillari onlayn ravishda o‘zaro fikr-mulohaza almashdi.

Onlayn konferensiyada Davlat statistika qo‘mitasidan raisining birinchi o‘rinbosari Dilshod Xolmurodov, Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i Aziz Mamirov, Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Mamadaliyev, Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Zoyir Yuldoshev, Yashirin iqtisodiyotni statistik baholashni muvofiqlashtirish bo'limi boshlig‘i Ziyoda Kamilova ishtirok etdi.

Tadbirda ishtirokchilar statistik maqsadlar uchun norasmiy sektor va yashirin iqtisodiyotni aniqlash, mehnat bozorida norasmiy sektorining statistik ko'rsatkichlari, korxona va muassasalar o'rtasida norasmiy sektorni o'lchash, rasmiy va norasmiy biznes haqida ma'lumotlar, rasmiylikni rag'batlantirish choralarini yaratish masalalarida so‘z yuritdi.

Jahon bankidan katta iqtisodchi Uilyam Zeyts statistika tizimini mustahkamlashda xorij tarjibasi, amaliyotga tatbiq etilayotgan metodlar, mavjud muammo va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Davlat statistika qo‘mitasidan raisining birinchi o‘rinbosari Xolmurodov Dilshod Ibragimovich milliy statistika tizimini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha batafsil ma'lumot berdi.

Tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga soha ekspertlari atroflicha javob qaytardi.

Axborot xizmati