Yurtimizda aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

1-rasm-yugurish-_p63732

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Milliy statistika qo‘mitasining xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq qilish maqsadida turli sport musobaqalari tashkil etildi.

2-rasm-workout-_p69464

Joriy yilning 28-30 aprel kunlari Milliy statistika qo‘mitasi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida markaziy apparat xodimlari hamda ularning farzandlari o‘rtasida “Sport festivali” tashkil etildi.

3-rasm-futbol-_p71391

Mazkur “Sport festivali”da yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va workout sport turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

4

5

 “Sport festivali” g‘olib va sovrindorlariga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.