2020- yilning 8 oyi davomida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatlarga qiymati 11,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan dori-darmon eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,5 mln. AQSh dollariga yoki qariyb 4 baravarga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 8 oy mobaynida O‘zbekiston dori-darmon mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:

Qirg‘iz – 3,4 mln.

Qozog‘iston – 2,1 mln.

Afg‘oniston – 1,5 mln.

Turkmaniston – 1,2 mln.  

Tojikiston – 1,1 mln. 

Turkiya – 956,7 ming AQSh dollari

O‘zbekiston 8 oy davomida 55 ta xorijiy davlatlardan 565,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan dori-darmon import qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 mln. AQSh dollariga kam. 

O‘tgan 8 oy mobaynida O‘zbekiston dori-darmon mahsulotlarini eng ko‘p import qilgan davlatlar:

Hindiston – 102,9 mln.

Rossiya – 59,9 mln.

Ukraina – 46,1 mln.

Latviya – 46,0 mln.

Xitoy – 34,1 mln.

 

Axborot xizmati