O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi Kasaba uyushmasi tomonidan 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan statistika tizimida uzoq yillar faoliyat yuritib, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan mehnat faxriylarining holidan xabar olindi.


Faoliyati davomida sadoqat, vatanparvarlik va ibrat namunasi bo‘lgan, o‘z mehnati bilan tizim rivojiga munosib hissa qo‘shgan faxriylarning xonadonlariga borilib, bayram munosabati bilan tabriklandi. Iste’mol uchun muhim bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.

Ushbu xayrli amallar orqali keksalarga ma’naviy va ruhiy qo‘llab-quvvatlash, ularni e’tibordan chetda qoldirmaslik, shuningdek, uzoq yillik samarali mehnatlari uchun minnatdorlik izhor etish maqsad qilingan.


Faxriylar ko‘rsatilayotgan bunday doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun o‘z minnatdorliklarini bildirdi.


