2020- yilning 8 oyi davomida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatlarga qiymati 314,3 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan qalampir eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 70,1 ming AQSh dollariga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 8 oy mobaynida O‘zbekiston qalampir mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:

Vetnam – 219,7 ming 

Braziliya – 67,1 ming 

Germaniya – 11,1 ming 

Rossiya – 4,6 ming

Turkiya – 3,9 ming

Gruziya – 3,5 ming 

Ispaniya – 1,1 ming AQSh dollari

Ma'lumot o‘rnida, 2020- yilning 8 oyida hududlar orasida Samarqand viloyati eng ko‘p ya'ni, qiymati 121,4 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan qalampir eksport qilgan.

Axborot xizmati