09/10/2020

 

O‘zbekiston Turkmanistonga dori-darmon eksportini qariyb 29 baravarga oshirdi

2020- yilning 8 oyi davomida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatlarga qiymati 11,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan dori-darmon eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,5 mln. AQSh dollariga yoki qariyb 4 baravarga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 8 oy mobaynida O‘zbekiston dori-darmon mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:

Qirg‘iz – 3,4 mln.

Qozog‘iston – 2,1 mln.

Afg‘oniston – 1,5 mln.

Turkmaniston – 1,2 mln.  

Tojikiston – 1,1 mln. 

Turkiya – 956,7 ming AQSh dollari

O‘zbekiston 8 oy davomida 55 ta xorijiy davlatlardan 565,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan dori-darmon import qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 mln. AQSh dollariga kam. 

O‘tgan 8 oy mobaynida O‘zbekiston dori-darmon mahsulotlarini eng ko‘p import qilgan davlatlar:

Hindiston – 102,9 mln.

Rossiya – 59,9 mln.

Ukraina – 46,1 mln.

Latviya – 46,0 mln.

Xitoy – 34,1 mln.

 

Qozog‘istonga shisha idish va buyumlar eksporti qariyb 11 baravarga oshirilgan

2020 yilning 8 oyi davomida O‘zbekiston 14 ta xorijiy davlatlarga qiymati 11,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan shisha idish va buyumlarni eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,4 mln. AQSh dollariga yoki 3,6 baravarga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 8 oy mobaynida O‘zbekiston shisha idish va buyumlarni eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:

Qozog‘iston –  7,4 mln.

Turkmaniston – 1,9 mln.  

Tojikiston – 976,5 ming.

Qirg‘iz – 589,7 ming

Gruziya – 435,4 ming 

Rossiya – 204,1 ming AQSh dollari

   Ma'lumot o‘rnida, 2020 yilning 8 oyida O‘zbekiston Qozog‘istonga qiymati 7,4 mln. (o‘tgan yilning mos davrida 685,7 ming) AQSh dollariga teng bo‘lgan shisha idish va buyumlarni eksport qilgan.

 

Vyetnamga qiymati 219,7 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan qalampir eksport qilindi

2020- yilning 8 oyi davomida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatlarga qiymati 314,3 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan qalampir eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 70,1 ming AQSh dollariga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 8 oy mobaynida O‘zbekiston qalampir mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:

Vyetnam – 219,7 ming 

Braziliya – 67,1 ming 

Germaniya – 11,1 ming 

Rossiya – 4,6 ming

Turkiya – 3,9 ming

Gruziya – 3,5 ming 

Ispaniya – 1,1 ming AQSh dollari

Ma'lumot o‘rnida, 2020- yilning 8 oyida hududlar orasida Samarqand viloyati eng ko‘p ya'ni, qiymati 121,4 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan qalampir eksport qilgan.

 

Asal eksporti qariyb 5 baravarga oshgan

 O‘zbekiston 2020- yilning 8 oyi davomida xorijiy davlatlarga qiymati 41,8 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan 26,3 tonna asal eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,3 tonnaga yoki 4,4 baravarga oshgan.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 8 oy mobaynida O‘zbekiston asal eksport qilgan davlatlar:

AQSh – 11,2 tonna

Koreya – 10 tonna

BAA – 3,1 tonna

Quvayt – 2 tonna

Ma'lumot o‘rnida, 2020- yilning 8 oyida asal eksport qilgan hududlar:

Toshkent shahri – 21,2 tonna

Jizzax viloyati – 3,1 tonna

Samarqand viloyati – 2 tonna

Namangan viloyati – 0,1 tonna

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech