Joriy yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning soni 1237 tani tashkil etdi. Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 11,9 mingtani tashkil etib, ulardan 11,3 mingtasi faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri ga nisbatan 1,8 mingtaga oshgan.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
Xitoy – 1757 ta
Turkiya – 1464 ta
Koreya – 863 ta
AQSh – 276 ta
Germaniya – 193 ta
Boshqalar – 6776 ta
Ma'lumot o‘rnida, yangi tashkil etilgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning sohalar bo‘yicha soni:
Savdo – 371 ta
Sanoat – 343 ta
Qurilish – 135 ta
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 94 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 53 ta
Axborot va aloqa – 42 ta
Axborot xizmati


