13/10/2020

Joriy yilning 12- oktabr kuni Xalqaro mehnat tashkiloti va Koreya statistika boshqarmasi hamkorligida Osiyo–Tinch okeani mintaqasida xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi bo'yicha vebinar tashkil etildi.

Mazkur seminar videokonferentsaloqa tarzida joriy yilning 15- oktabriga qadar davom etadi. Unda Davlat statistika qo'mitasining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Abrayev ishtirok etmoqda.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilayotgan mazkur vebinar joriy yilning 15- oktabriga qadar davom etadi. Unda Davlat statistika qo'mitasining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Abrayev ishtirok etmoqda.

Tadbirda Xalqaro mehnat tashkiloti va Koreya statistika boshqarmasi xodimlaridan tashqari Avstraliya, Armaniston, Ozarbayjon, Bangladesh, Butan, Gruziya, Eron, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iz, Mongoliya, Nepal, Yangi Zelandiya, Tojikiston, Pokiston, Papua - Yangi Gvineya, Koreya, Samoa, Turkmaniston, Turkiya, Fidji, Shri-Lanka, Yaponiya davlatlari vakillari ham qatnashmoqda.

 

 

Vebinar davomida xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi, ma'lumotlarni yig'ish, ma'muriy ma'lumotlardan foydalanish strategiyasi, turli manbalardan foydalangan holda xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasini shakllantirish metodikasi masalalari yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Tadbir ishtirokchilari Osiyo–Tinch okeani mintaqasida xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirmoqda.

Axborot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech