Joriy yilning 23- may kuni Milliy statistika qo‘mitasida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalarini tushuntirish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish, sohada korrupsiyaga qarshi kurashishda xodimlarning murosasizligini oshirish hamda odob- axloq qoidalari bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

7j1a6252-1_p42559

Milliy statistika qoʻmitasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati bosh mutaxassisi O. Soliyev qo‘mita markaziy apparatining boshqarma va bo‘limlari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” Qonuni, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 595-son qarori haqida tushunchalar berdi.

7

Shuningdek, xodimlarga manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo’ymaslik, korruspiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish hamda odob-axloq qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tushuntirildi.

7j1a6301-3_p35346

Targ‘ibot tadbirlari davomida xodimlarning yuqoridagi hujjatlar yuzasidan berilgan savollariga batafsil javoblar berildi.