13/10/2020

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi gender statistikasi bo‘yicha tajriba almashish va sohada ilg‘or xalqaro uslublarni ommalashtirish bo‘yicha turli targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etib keladi.

Shu yil 12- oktabr kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida tashkil etilgan navbatdagi yig‘ilish videokonferensaloqa rejimida bo‘lib o‘tdi.

14- oktabrga qadar davom etadigan ushbu tadbirda mutaxassislar Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari milliy statistika idoralari hamda xalqaro tashkilotlarda gender statistikasini baholash masalalari, shuningdek, pandemiya davrida yuzaga kelgan muammolarni muhokama qilishadi.

Ushbu tadbirlarda Davlat statistika qo‘mitasidan Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Zoyir Yo‘ldoshev ishtirok etmoqda.

Tadbir yakunida, ekspertlar gender statistikasi bo‘yicha BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi guruhlari tomonidan gender statistikasi sohasida amalga oshirilayotgan uslubiy ishlarini tahlil qiladi. Aniqlangan muammo va kamchiliklar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, inqirozga qarshi ko’riladigan choralar muhokama qilinadi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech