Joriy yilning 20–22-may kunlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Statistika qo‘mitasi hamkorligida Moskva shahrining G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetida “III Xalqaro talabalar statistika festivali” doirasida statistika boʻyicha xalqaro talabalar olimpiadasi o‘tkazildi.

01_p11522

Mazkur olimpiadada MDH davlatlarining 7 ta davlatidan jami 13 ta jamoa ishtirok etdi. Unda Oʻzbekistondan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2 ta jamoasi ham qatnashdi.

02_p24479

Quvonarli jihati Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi jamoaviy bahslarda 3-o‘rinni, yakkalik bahslarida esa 3-kurs talabasi Usmanova Madina Botir qizi faxrli 2-o‘rinni egalladi.

3

Eslatib oʻtamiz, 2024-yilning 21–23-may kunlari Moskva shahridagi G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetida MDH Statistika qoʻmitasi tomonidan “II Xalqaro talabalar statistika festivali” doirasida statistika boʻyicha xalqaro talabalar olimpiadasi boʻlib oʻtgan edi.

Unda Oʻzbekistondan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining ikkita jamoasi ishtirok etib, “Ilmiy tadqiqotlarda ijodiy yondashuv” va “Statistik instrumentlardan malakali foydalanish” nominatsiyalari boʻyicha gʻolib boʻlishgan edi.

Mazkur tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, soha uchun malakali kadrlarni shakllantirib borish, statistikaning mavqeini yanada mustahkamlash hamda xalqaro talabalar ilmiy hamkorligini yanada rivojlantirish, shuningdek festival doirasida, statistika sohasidagi boshqa davlatlarning OTM va ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.