2025-yil 26-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Iqtisodiy statistika” kafedrasi magistratura bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiya ishi himoyalari bo‘lib o‘tdi.

1_-5307765793678817701_p43357

Himoyada 70410801 – Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar o‘z ilmiy-tadqiqot ishlarini taqdim etdilar.

2_-5307765793678817666_p14784

Himoya jarayonida magistrantlar statistik tahlil asosida O‘zbekiston iqtisodiyoti va statistikasi uchun dolzarb bo‘lgan masalalar yuzasidan o‘z takliflari bilan qatnashdi.

3

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasidagi samarali hamkorlikning amaliy ifodasi bo‘lib, u iqtisodiyot va statistika yo‘nalishlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘lidagi muhim bosqichlardan biri hisoblanadi.