Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida jami 22,6 ming nafar Hindiston fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6 ming nafarga yoki 35,6 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Hindiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

sayohat – 13 937 nafar;

xizmat yuzasidan – 5 959 nafar;

o‘qish – 2 540 nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash – 203 nafar;

tijorat – 8 nafar;

davolanish – 2 nafar.

picture-india_p96165