Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-aprel oylarida sport, ko‘ngil ochish va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi 1 235,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2024- yilning mos davriga nisbatan 18,6 % ga o‘sgan.

Ushbu turdagi xizmatlar jami hajmida hududlarning yuqori ulushi Toshkent shahri (36,5 foiz), Toshkent (18,2 foiz) va Farg‘ona (14,4 %) viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

r