Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda shu yilning yanvar–sentabr oylarida 217 771 ta yengil hamda 2 936 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan.
Shundan:
59 252 ta “Cobalt”;
52 689 ta “NexiaT-250”;
39 960 ta “Lacetti-Gentra”;
39 631 ta “Damas”;
19 980 ta “Spark”;
6 259 ta “Labo”.
Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, mamlakatimiz 2020- yilning
yanvar–sentabr oylarida chet elga 108,2 mln. AQSh dollarlik avtomobil eksport qilgan. O‘z navbatida yurtimizga 349,3 mln. AQSh dollarlik yengil avtomobillar import qilingan.

Shuningdek, 2020-yilning yanvar–sentabr oylarida yurtimizda 174,5 ming dona avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilgan bo‘lsa,
565,3 mln. AQSh dollarlik avtomobillarning ehtiyot qismlari import qilingan.
Axborotxizmati


