Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2025-yilning 1-iyul holatiga 397 308 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat yuritmoqda.

Ushbu ko‘rsatkich yil boshidan buyon 35 515 taga oshgan.

Shuningdek, tarmoqlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ulush savdo sohasiga (38 %) to‘g‘ri kelmoqda.

Ularning sohalar kesimidagi soni quyidagicha:

savdo sohasida — 151 163 ta

sanoat sohasida — 58 860 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida — 34 316 ta

qurilish sohasida — 29 145 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida — 29 106 ta

tashish va saqlash sohasida — 16 667 ta

axborot va aloqa sohasida — 10 548 ta

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida — 9 824 ta

boshqa sohalarda — 57 679 ta

r