Joriy yilning 16-iyul kuni Milliy statistika qo‘mitasida Yevropa Ittifoqining Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash dasturi (EU Ask Facility) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

7

Tadbirda Milliy statistika qo‘mitasi vakillari hamda xalqaro ekspert Piter Pauli, monitoring va baholash bo‘yicha mutaxassis Oybek Shukurov ishtirok etdi.

7

Uchrashuv davomida Milliy statistika qo‘mitasining tanlanma kuzatuvlarni o‘tkazib berish amaliyoti (autsorsing xizmati)dan foydalanish, shuningdek, “EU Ask Facility” dasturining amaliy va moliyaviy ko‘magida BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) doirasida 2.3.1, 2.3.2, 2.4.1 va 5.a.1 indikatorlarini shakllantirish bo‘yicha so‘rovnoma asosida olib borilayotgan pilot loyiha yuzasidan fikr almashildi.

7j1a0168-16_07_2025_p79071

Uchrashuv davomida loyihaning tashkiliy, metodologik va moliyaviy jihatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF–27-son Farmonining 13-(a) bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

7