Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-may oylarida ijara xizmatlari (125,6 %), aloqa va axborotlashtirish (123,5 %) va me’morchilik sohasidagi (123,3 %) xizmatlarda yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari:
transport xizmatlari – 114 %;
boshqa xizmatlar – 113 %;
ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 111,9 %;
sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar – 110,4 %;
kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar – 110,4 %;
savdo xizmatlari – 110,2 %
shaxsiy xizmatlar – 109,1 %;
ta’lim sohasidagi xizmatlar – 108,9 %;
yashash va ovqatlanish xizmatlari – 107,7 %.



