Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan pandemiya davrida xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda ommaviy sport turlari bilan doimiy shug‘ullantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Ta'kidlash lozimki, Prezidetimizning topshirig‘iga asosan, "Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur qaror loyihasi asosida respublikamizdagi barcha vazirlik, idora, korxona va tashkilotlarda ishchi xodimlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, sog‘lom ovqatlanish turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Joriy yilning 21- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan  hududiy statistika boshqarmalari xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda ommaviy sport turlari bilan doimiy shug‘ullanishga jalb etishga qaratilgan onlayn muloqot o‘tkazildi.

Davlat statistika qo‘mitasidagi Yoshlar ittifoqi yetakchilar kengashi tomonidan tashkil qilingan tadbirda qo‘mita xodimlari o‘rtasida sportni targ‘ib qilishga mas'ul xodimlar – Aziza Muhamedova hamda Sarvar Inoyatov ish jarayonida qanday qilib jismoniy holatni yaxshilash masalasida taqdimot o‘tkazdi.

Xodimlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha aniq reja asosida muntazam ravishda tadbirlar o‘tkazishga kelishib olindi.

Axborot xizmati