Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, shu yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida jami 138,1 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, ulardan markazlashgan moliyalashtirish manbalarining ulushi 21,8 % ni yoki 30,2 trln. so‘mni, markazlashmagan moliyalashtirish manbalarning ulushi 78,2 % ni yoki 107,9 trln. so‘mni tashkil etdi.

Markazlashgan moliyalashtirish manbalari tarkibida:
- Respublika budjeti – 6,5 %;
- Suv ta‘minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi – 1,0%;
- Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi – 1,0 %;
- O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlar – 13,3 % ni tashkil etdi.
Markazlashmagan moliyalashtirish manbalari tarkibida:
- Korxona mablag‘i – 27,5 %;
- Aholi mablag‘lari – 8,8 %;
- Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari – 14,3 %;
- To‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar – 27,6 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati


