Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, shu yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida jami 65,2 trln. so‘m qurilish ishlari bajarilib, ular tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlar 27,9 % ni, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan ishlar 54,8 % ni hamda jismoniy shaxslar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 17,3 % ni tashkil etdi.

Shuningdek joriy davrda qurilish ishlarining asosiy qismi, ya’ni 95,8 % i nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan bo‘lsa, qolgan 4,2 % i davlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan.
Axborot xizmati


