Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-may oylarida jami me’morchilik, muhandislik izlanishlar, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 5,3 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 23,5 % ga o‘sgan.
Hududlar kesimida ko‘rilganda, ushbu xizmatlar hajmida Toshkent shahrining ulushi ahamiyatli bo‘lib, 60,2 % yoki 3 179 mlrd so‘mni tashkil etgan.



