23/10/2020

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, shu yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida jami 56,6 trln. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilgan bo‘lib, ularning eng katta qismi Qashqadaryo viloyatida o‘zlashtirildi.

Ushbu hududda respublika bo‘yicha jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 18,5 % i yoki 10,5 trln. so‘m xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilgan. Xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalariga tozalangan metan asosida suyultirilgan sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarishini tashkil etish, uglevodorod gazini qazib chiqarishni kengaytirish kabi loyihalarni keltirish mumkin.

Shuningdek, Toshkent shahri (15,0 %) va Navoiy viloyatlarida (14,5 %) ham boshqa hududlarga nisbatan ko‘proq xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilib, ular asosan uyali aloqa, sog‘liqni saqlash, temir yo‘llari sohalarida, kimyo sanoatida va rangli metall konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida o‘zlashtirildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech