Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-iyul holatiga respublikamizda savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 151 189 tani tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich yil boshiga nisbatan 14 080 taga oshgan.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ulush Toshkent shahriga  to‘g‘ri kelib, jami soniga  nisbatan  22,2  % ni tashkil etgan.

Ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha:

Toshkent shahrida – 33 594 ta

Samarqand viloyatida – 14 738 ta

Toshkent viloyatida – 14 824 ta

Farg‘ona viloyatida – 12 675 ta

Qashqadaryo viloyatida – 9 498 ta

Namangan viloyatida – 8 876 ta

Xorazm viloyatida – 8 510 ta

Surxondaryo viloyatida – 8 508 ta

Andijon viloyatida – 8 301 ta

Buxoro viloyatida – 8 216 ta

Navoiy viloyatida – 7 593 ta

Qoraqalpog‘iston Resp. – 6 940 ta

Jizzax viloyatida – 5 233 ta

Sirdaryo viloyatida – 3 638 ta

r